"Temurbek" tarixiy qissasi kitobida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, yoshligi, davlatni boshqarishdagi iste'dodi, harbiy yurishlari va tarixdagi buyuk xizmatlari badiiy tarzda tasvirlangan.
📚📚Joriy yilning 21-iyun kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari va Yoshlar axborot texnologiyalar markazi hamkorligida kitob taqdimoti o'tkazildi. Bu "Temurbek" tarixiy qissasi kitobida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, yoshligi, davlatni boshqarishdagi iste'dodi, harbiy yurishlari va tarixdagi buyuk xizmatlari badiiy tarzda tasvirlangan. Bu kitobda Amir Temurning jasorati, adolatparvarligi, dono rahbarligi va Vatanga sadoqatini yorqin voqealar orqali ochib berilishi, va asarni kitobxonlarni tariximizni chuqurroq o‘rganishga, ajdodlarimiz bilan faxrlanishga va vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishga undaydi. Bu kitobni tarix va buyuk ajdodlarimiz hayotiga qiziqqan barcha kitobxonlarga tavsiya qildik
