“Temuriylar davri – ilm-fan va madaniyat yuksalishi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
📚14-aprel kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazida VI Respublika Kitobxonlik haftaligi munosabati bilan “Temuriylar davri – ilm-fan va madaniyat yuksalishi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Davra suhbat buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tashkil etildi
Davra suhbatida Temuriylar davrida ilm-fan adabiyot me’morchilik va madaniyatning yuksalishi haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi Alisher Navoiyning adabiyotga qo‘shgan ulkan hissasi alohida e’tirof etildi
Suhbat davomida o‘quvchilar va kitobxonlar tarixiy merosimizga hurmat ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosiga qiziqishlari yanada oshdi
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi