Tilga ixtiyorsiz elga e'tiborsiz.
Sharof Rashidov tuman 13-sonli umumta’lim maktabida , 21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan " Tilga ixtiyorsiz elga e'tiborsiz " nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitob ko‘rgazma tashkil qilindi.
Tadbirda o‘qituvchi va o‘quvchilar faol ishtirok etishdi. Dastur davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizga bag‘ishlangan she’rxonliklar, sahna ko‘rinishlari, qiziqarli savol - javoblar aytishuvlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.