“To‘maris” ertagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 20-iyul kuni yosh futbolchilar ishtirokida Dinara Muminovaning “To‘maris” ertagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida ertakning mazmuni, unda aks etgan jasorat, vatanparvarlik va matonat g‘oyalari haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar asar qahramoni To‘marisning mardligi va qat’iyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir qiziqarli va samimiy ruhda o‘tib, yosh futbolchilarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
📖 Kitob mutolaasi bilim va ma’naviyat sari yetaklaydi!
