Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romaniga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi.
📚📚Joriy yilning 24-avgust kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romaniga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, unda aks etgan xalq hayoti, Vatanga muhabbat, mehnat, milliy qadriyatlar va inson taqdiri haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar asar qahramonlari va undagi hayotiy voqealar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
📖 Yaxshi kitob — o‘tmishni anglash, bugunni qadrlash va kelajakni teran tasavvur qilishga chorlaydi.