✍️ Tohir Malik 📘 "Eng kichik jinoyat"
✍️ Tohir Malik
📘 "Eng kichik jinoyat"
💧 Mol-dunyo bamisoli suvdir. Uni chanqoq insonning tashnaligini qondirish uchun ushlab turish, muhtojning hojatini ravo qilish uchun sarflash — saxovat ahlining fazilatidir.
Saxovatli inson berganida zarracha qiynalmaydi. Aksincha, boshqalarga naf keltirganidan qalbi quvonch va huzurga to‘ladi.
Qaysi qalb shu darajaga yetgan bo‘lsa, demak, Alloh uni salomat saqlabdi.
