Turk adabiyoti jahon soʻz sanʼatining beqiyos durdonasi boʻlib, u “Oʻgʻuznoma”, “Koʻroʻgʻli” va “Dada Qoʻrqut” kabi folklor javohirlariga tayanadi.
To‘plamga XI–XXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarning eng sara asarlari kiritilgan. Unda umumturkiy adabiyot bilan bir qatorda o‘zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman va venger adabiyoti durdonalari ham o‘rin olgan.
To‘plamning jildlari bilan tanishtirishda davom etamiz…
📖 Ushbu jildlar:
Turk adabiyoti jahon soʻz sanʼatining beqiyos durdonasi boʻlib, u “Oʻgʻuznoma”, “Koʻroʻgʻli” va “Dada Qoʻrqut” kabi folklor javohirlariga tayanadi. Maxsus antologiyaning 17 jildi (39–55-jildlar) ushbu adabiyotga bagʻishlangan. Dastlab fors sheʼriyati taʼsirida shakllangan mumtoz davrni boshlab beruvchi 39-jilddan Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro va Tojiddin Ahmadiy kabi uch ulugʻ shoir asarlari oʻrin olgan.