Tursunoy Sodiqovaning “Dildagi dur” kitobi yuzasidan talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Talabalar kuni” munosabati bilan Yoshlar kutubxonasida Tursunoy Sodiqovaning “Dildagi dur” kitobi yuzasidan talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan hayotiy qarashlar, insoniy fazilatlar, ma’naviyat va odob-axloq haqidagi fikrlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘z taassurotlari va fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Suhbat yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda mutolaa orqali hayotiy saboq olishlariga xizmat qildi.
Aziz talabalar! Sizlarni 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🎓
