Ulug‘bek Hamdamning “Sabo va Samandar” romani.
Ulug‘bek Hamdamning “Sabo va Samandar” romani.
Insoniy muhabbat, sadoqat, sabr va ruhiy kechinmalarni chuqur yorituvchi ta’sirchan asarlardan biridir. Romanda Sabo va Samandar taqdiri orqali chin muhabbatning inson hayotidagi o‘rni, uning turli sinovlar va hayotiy to‘siqlar qarshisidagi bardoshi tasvirlanadi.
Asarda qahramonlarning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar badiiy mahorat bilan ochib berilgan. Maktublar ham voqealar rivoji va qahramonlar ruhiyatini yoritishda muhim o‘rin tutadi.
“Sabo va Samandar” kitobxonni muhabbat, sadoqat va insoniy qadriyatlar haqida chuqur mushohada yuritishga undaydigan, o‘qishga arzigulik asarlardan biridir.