“Ulug‘bek kiyik ovida” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
📚📚📚 Joriy yilning 27-iyul kuni Yoshlar kutubxonasida Qobiljon Shermatovning “Ulug‘bek kiyik ovida” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida asarning mazmuni, tarixiy voqealari hamda unda aks etgan jasorat, donolik va tabiatga mehr-muhabbat g‘oyalari haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilar kitob qahramonlari, asarning badiiy qiymati va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Taqdimot samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, kitobxonlarda tarixiy-badiiy asarlarga hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
📖 Kitob mutolaasi — bilim, tafakkur va ma’naviyat sari eltuvchi eng yorqin yo‘ldir!
