📚🌸 Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi
📚🌸 Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Yoshlar kutubxonasida o‘quvchilar ishtirokida mazmunli davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga turli xil ertak kitoblari namoyish etilib, ularning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati haqida suhbatlashildi. Shuningdek, ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan she’rlar o‘qilib, Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov kabi sevimli shoirlarimiz ijodida ustozga bo‘lgan hurmat va ehtirom qanday ifodalangani haqida fikr almashildi.
O‘quvchilar ustozlariga bo‘lgan samimiy tilaklarini bildirib, o‘zlari sevib o‘qigan she’r va ertaklari bilan o‘rtoqlashdilar
🌷 Ustoz — qalblarga ilm va ma’rifat nurini ulashuvchi buyuk inson!
🎉 Barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan muborakbod etamiz