“Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 13 yanvar kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Yoshlar kutubxonasida faol kitobxonlar bilan birgalikda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Vatan himoyasi — muqaddas burch” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni yurtimizda katta faxr va ehtirom bilan nishonlanadi. Bu sana mustaqil O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun bo‘lib, Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini himoya qilayotgan mard va jasur insonlarga bag‘ishlangan ekanligi aytib o‘tildi.
