• info@shrashidovakm.uz
  • +998 91 627 0073
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
  • O'zbek
  • Русский
  • English
  • Virtual qabulxona
  • Foydalanish qoidalari
  • Bog’lanish
  • info@shrashidovakm.uz
  • +998 91 627 0073
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxona haqida
    • Kutubxona tarixi
    • Rahbariyat
    • AKM jamg'armasi
    • Tuzilma
    • O‘quv zallar
  • Kutubxona faoliyati
    • Ish tartibi
    • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
    • Fuqarolar murojaati
    • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
  • Bo'limlar
    • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
    • Axborot-bibliografiya xizmati
    • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
    • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
  • +998 91 627 0073
  • @shrashidovakm_bot

Veb-sayt va “Slovo” almanaxi taqdimoti


2021-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida www.slovo.nx.uz sayti va “Slovo” elektron almanaxi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda yozuvchilar Nikolay Ilin, Munira Boboyarova, Bax Axmedov va boshqa yozuvchilar so‘zga chiqib, almanax jamoasi, nashrning mazmun-mohiyati, mualliflar va matnlar, vazifa va yo‘nalishlari bilan tanishtirdilar.

 

        O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rus adabiyoti kengashining slovo.nx.uz sayti o‘n yildan buyon faoliyat yuritib, uni yozuvchilar Vladimir Vasilyev, Galina Vostokova, Aleksandr Svistunov, yozuvchi va vebmaster Anatoliy Naimushindan iborat tashabbuskor guruh tomonidan yaratilgan. Sayt Rossiya va MDH mamlakatlari, yaqin va uzoq xorij aholisi orasida juda mashhur.

      “Slovo” adabiy-badiiy jurnali O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ta'sis etilgan rus tilidagi davriy, interaktiv onlayn nashr hisoblanadi. Jurnal sonlari uyushmaning rus adabiyoti bo‘yicha Kengash a'zolari, uzoq va yaqin xorijning eng yaxshi yozuvchilari, birinchi navbatda, o‘zbek ildizlariga ega bo‘lgan adiblarni jalb etgan holda yaratiladi. Nashrning maqsadi - mushtariylarni zamonaviy badiiy adabiyot bilan tanishtirish, estetik didni, ahloqiy tamoyillarni, yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirish. Jurnalda turli janrga mansub asarlar berib boriladi: nazm, nasr, fantastika, sarguzasht, detektiv, ertaklar. Veb-sayt jurnalni chop etish va uni an'anaviy qog‘oz shaklida o‘qish imkonini beradi.

        Jurnal jamoasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga yangi nashr etilgan kitoblaridan hadya etdi. O‘z o‘rnida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tadbir tashkilotchilariga “INFOLIB O’ZBEKISTON-2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligidagi faol ishtiroki uchun tashakkur izhor etdi va ularni tashkkurnoma bilan taqdirladi.

 

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi
+998 91 627 0073 info@shrashidovakm.uz

Uch tepa daxasi Yangi obod maxallasi Mustakillik kuchasi.

Biz soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaymiz

Kutubxona haqida
  • Kutubxona tarixi
  • Rahbariyat
  • AKM jamg'armasi
  • Tuzilma
  • O‘quv zallar
Kutubxona faoliyati
  • Ish tartibi
  • Kutubxona faoliyatiga oid statistik ma'lumotlar
  • Fuqarolar murojaati
  • Asosiy va qo'shimcha xizmatlar
Bo'limlar
  • Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati
  • Axborot-bibliografiya xizmati
  • Fondlarni to‘ldirish, saqlash ishlov berish xizmati
  • Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari va raqamlashtirish xizmati
© Copyright 2021 — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi. Barcha huquqlar ximoyalangan