#Viktorina #Muhammad_Yusuf_sherlari.
Joriy yilning 12-noyabr kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 11-14-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Milliy Kutubxonasi tomonidan “INFOLIB OʻZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Sharof Rashidov tumani 38- umumta'lim maktabida "Tafakkur klub" a'zolari bilan shoirimiz Muhammad Yusuf she'rlaridan viktorina o'yinini tashkil qilindi. Muhammad Yusuf xalqining sevimli shoiri, milliy ruh va vatanparvarlik tuyg‘ularini chuqur ifoda etgan ijodkorlardan biridir. Uning she’rlari sodda, samimiy va xalqona ohangda yozilgan bo‘lib, o‘quvchining qalbiga tez kiradi. Shoirimizning she'rlari kitobxonlar yuragidan munosib o‘rin ega ekanligini ko‘rdik