“Xotira — qalblarda abadiy yashar”
Xotira — bu insonlar qalbida abadiy muhrlangan oʻtmish voqealari, his-tuygʻular hamda yurt tinchligi va ozodligi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan insonlarni yod etishdir. Ularning Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi yoʻlida koʻrsatgan jasorati va matonati xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoladi.
Joriy yilning 7-may sanasida Sharof Rashidov tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira — qalblarda abadiy yashar” nomli tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda eng sara badiiy, tarixiy va maʼnaviy-maʼrifiy dasturlar oʻrin oldi. Tadbir inson qalbida ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.