“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Sharof Rashidov tumanining Mulkanlik MFYda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir va konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbir davomida Vatanga sadoqat, milliy birlik va hamjihatlik g‘oyalari keng targ‘ib qilinib, yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga chorlovchi badiiy chiqishlar hamda kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir doirasida milliy qadriyatlarimizning yorqin namunasi bo‘lgan “Kelin salom” marosimi namoyish etildi. Bayramona kayfiyatni yanada oshirish maqsadida bolajonlarga bepul muzqaymoqlar ulashildi.
Yangi O‘zbekistonni birgalikda bunyod etamiz!