“Yangi kitobxonlar bilan tanishing” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 31-iyul kuni kutubxonada “Yangi kitobxonlar bilan tanishing” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Davra suhbati davomida kutubxonaga yangi a’zo bo‘lgan kitobxonlar bilan yaqindan tanishilib, ularga kutubxonadan foydalanish tartibi, mavjud adabiyotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni, kitob o‘qish madaniyati hamda muntazam mutolaaning afzalliklari yuzasidan samimiy suhbat tashkil etildi.
Davra suhbati qiziqarli va iliq muhitda o‘tib, yangi kitobxonlarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi hamda ularni kutubxonaning faol kitobxonlari safidan o‘rin olishga undadi.
📖 Har bir yangi kitobxon — ma’rifat sari tashlangan yangi qadam!
