“Yangi O‘zbekiston — yangi marralar sari” mavzusida kitobxonlarga sharh berildi.
📚📚 Joriy yilning 13-avgust kuni Axborot-kutubxona markazida xodimlari va Kelajak markazi xodimlari bilan hamkorligida “Yangi O‘zbekiston — yangi marralar sari” mavzusida kitobxonlarga sharh berildi. Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda erishilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi. Kitobxonlar mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 