📚 “Yashamoq” ✍️ Yu Hua
📚 “Yashamoq”
✍️ Yu Hua
🌿 Inson hayotining achchiq va shirin haqiqatlari
Ba’zan bir asar insonni shunchaki voqealar bilan emas balki hayotning o‘zi haqida chuqur o‘ylashga undaydi.Yu Huaning “Yashamoq” romani ana shunday asarlardan biridir
Asarda Xu Fuguy ismli qahramonning hayot yo‘li, uning boshidan kechirgan og‘ir sinovlari, yo‘qotishlari va taqdirning kutilmagan burilishlari tasvirlanadi
📌 Asarning eng ta’sirli jihati shundaki, qahramon hayot davomida qancha qiyinchilikka duch kelmasin, yashashda davom etadi Shu orqali muallif insonning eng katta kuchi — hayotga bo‘lgan umid va yashash istagi ekanini ko‘rsatadi
“Yashamoq” — hayotning qadrini anglashga, bor ne’matlarni qadrlashga va inson taqdirining naqadar murakkab ekanini his qilishga undaydigan ta’sirchan asar 