“Yashil park” hududida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Sharof Rashidov tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Sharof Rashidov tumanining Yangiobod mahallasidagi “Yashil park” hududida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Sharof Rashidov tumani hokimi Asilbek Ashurov, tuman tashkilot rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bayram tadbiri davomida umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallar tantanali ravishda Sharof Rashidov tumani hokimi tomonidan taqdirlandi.
Tadbirning badiiy qismida Sharof Rashidov tumani Madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan va taniqli xonanda Ravshan Sobirov ishtirokidagi konsert dasturi bayram ishtirokchilariga o‘zgacha xursandchili bag‘ishladi.
