✍️Yo'qotganlarim va topganlarim. 📖Said Ahmad.
✍️Yo'qotganlarim va topganlarim.
📖Said Ahmad.
✍️O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning ushbu asari adibning ustozlari, shogirdlari, yaxshi-yomon kunlarida birga bo'lgan yor-u do'stlari haqida.
📚Kitobni o'qisangiz, oʻzbek adabiyotiga benazir hissa qo'shgan G'afur G'ulom, Oybek, Abdulla Qahhorlarning ijodxonasiga kirgandek bo'lasiz. Ularning kulgulari quloqlaringiz ostida jaranglaydi.
📜Ayniqsa, muallif o'zining umr yo'ldoshi, betakror shoira, vafo malikasi sanalmish Saida Zunnunova haqidagi xotiralarini ko'z yoshisiz o'qiy olmaysiz.
📍Ularning quvonch-u mashaqqatlariga sherik bo'lasiz. Ustozlarning hayoti va ijodi hamisha barchamizga ibrat ekanligini dil-dilingizdan his qilasiz.
