Yosh kitobxonlar ishtirokida "Kutubxona bo‘ylab sayohat" tadbiri tashkil etildi.
📚⚽️ Joriy yilning 8-oktabr kuni yosh kitobxonlar ishtirokida "Kutubxona bo‘ylab sayohat" tadbiri tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga kitob mutolaasining ahamiyati haqida ma’lumot berilib, yoshlikda bilim olish muhim va dolzarbligi ta’kidlandi.
Sayohat qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tib, yosh kitobxpnlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
📖 📚 “Har bir o‘qilgan sahifa — kelajakdagi buyuk orzularingizga qo‘yilgan bir qadamdir.” 