Yoshlar Kutubxonada Dilnavoz Najimovaning “Alisher maktabda 1-kun” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
📚✨Joriy yilning 7-sentabr kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Yoshlar Kutubxonada Dilnavoz Najimovaning “Alisher maktabda 1-kun” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida asarning mazmuni, qahramonlari va maktab hayotiga oid qiziqarli voqealar haqida suhbat olib borildi. Yosh kitobxonlar asar yuzasidan o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
📖 Taqdimot bolalarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Kitob — bilim va tarbiya manbai! 