#Yoshlar_kutubxonasi. #Sayohat.
🏛Joriy yilning 10-sentyabr kuni "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida Sharof Rashidov tumani aholisi uchun O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan foydalanishga topshirilgan Yoshlar kutubxonasida"Yoshlar mutolaa zali" o‘z faoliyatini boshladi.
⏳Mazkur tadbirda hududiy hokimlik vakillari, viloyat va tuman axborot-kutubxona markazi, Yoshlar ishlari tuman bo‘limi va boshqa tashkilotlar ishtirok etishdi.Tadbir jarayonlarida kutubxona bo‘ylab sayohat, qiziqarli uchrashuvlar tashkil qilindi.