⚖️📚 Yoshlar kutubxonasida huquqiy mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
⚖️📚 Yoshlar kutubxonasida huquqiy mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar kutubxonasida o‘quvchilar ishtirokida huquqiy mavzuda davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlarga Konstitutsiyamizda belgilangan huquq va erkinliklar, fuqarolarning burchlari, qonunlarga rioya qilish hamda huquqiy madaniyatning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquq va majburiyatlarini anglash hamda qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.
🌿 Huquqiy bilim — adolatli jamiyat va yorqin kelajak poydevori!