Yoshlar kutubxonasiga sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 11-mart kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari xamda tumandagi 31-maktab o‘quvchilari uchun kutubxonaga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitoblardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar.
Kitobxonlar turli qiziqarli va rang-barang kitoblarni tomosha qilib, mutolaa qilishning ahamiyati haqida tushunchaga ega bo‘ldilar. Ushbu sayohat bolalarda kitobga mehr uyg‘otish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.
✨ Kitob — bilim va tafakkur sari yetaklovchi eng yaqin do‘stdir