“Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 20-avgust kuni Sharof Rashidov tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar kutubxonasida
📚✨ “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari haqida suhbat olib borildi.
Ishtirokchilar yoshlarning kelajak taraqqiyotidagi o‘rni va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
🌱 Yoshlar — yurt kelajagi, ularning faol ishtiroki esa taraqqiyot garovidir!
