“Yoz, kitob va men” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida bolalar yozgi ta’til davrida mutolaa qilgan kitoblari, ularda qoldirgan taassurotlari hamda o‘zlari yoqtirgan qahramonlar haqida qiziqarli fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ishtirokchilar o‘qigan asarlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashib, bir-birlariga mutolaa uchun yangi kitoblarni tavsiya etdilar.
Uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, bolalarda kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamladi hamda yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazishda mutolaaning ahamiyati yana bir bor ta’kidlandi.
📖 Yozning eng yaxshi hamrohi — kitob!
