Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 14-fevral kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda tumanimizdagi 27-sonli maktab o‘quvchilari bilan birgalikda buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Boburning hayoti va boy ijodiy merosi haqida ma’lumotlar berildi, o‘quvchilar tomonidan g‘azal va ruboiylar yod olindi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ayniqsa, shoirning bebaho asari — Boburnoma haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.
Ushbu tadbir yoshlar qalbida ajdodlarimiz merosiga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.