Zakovat davomida o‘qituvchilar ikki guruhga — “Liderlar” va “Strategiklar” jamoalariga bo‘linib, o‘z bilimlari, topqirliklari va zukkoliklarini namoyon etdilar.
📚📚Joriy yilning 9-noyabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Sharof Rashidov tumani 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida Jeyms Klirning “Atom odatlari” kitobi asosida qiziqarli Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur bellashuvda Axborot-kutubxona markazi xodimlari hakamlar hay’ati a’zolari sifatida ishtirok etdilar.
Zakovat davomida o‘qituvchilar ikki guruhga — “Liderlar” va “Strategiklar” jamoalariga bo‘linib, o‘z bilimlari, topqirliklari va zukkoliklarini namoyon etdilar.
O‘yin davomida kitob mazmuni yuzasidan berilgan savollar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, bellashuv qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Ushbu intellektual o‘yin o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Zakovat yakunida faol ishtirokchilar tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar