“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 12-fevral kuni Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumanimizdagi 38-maktabimizda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, ma’rifatparvar adib Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Behbudiy bobomizning ma’rifat yo‘lidagi fidokorona faoliyati, dramaturgiya va publitsistikadagi xizmatlari, jadid maktablarini rivojlantirishdagi o‘rni haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va mazmunli bahs-munozaralar yoshlarning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va buyuk ajdodlarimiz merosini davom ettirishga xizmat qiladi. https://t.me/SH_RASHIDOV_tuman_akm/30424