“Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
Joriy yilning 3-mart kuni tumandagi Yoshlar kutubxonasida axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yosh kitobxonlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur bilimlar bellashuvida “Zukkolar” hamda “Bilimdonlar” jamoalari faol qatnashib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan zakovat davomida ishtirokchilar kitobxonlik, mantiqiy fikrlash va tezkor javob berish borasida o‘z salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida barcha qatnashchilarga faxriy yorliqlar topshirildi, g‘olib jamoa esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday intellektual uchrashuvlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bilimga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.