“Zamonaviy jamiyatning ilmiy-texnik va ijtimoiy-madaniy muammolari” II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasidagi sho‘ba yig‘ilishi Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
📚 Viloyat axborot-kutubxona markazida xalqaro konferensiya sho‘ba yig‘ilishi o‘tkazildi
Kazan federal universiteti Jizzax filiali tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy jamiyatning ilmiy-texnik va ijtimoiy-madaniy muammolari” II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasidagi sho‘ba yig‘ilishi Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kutubxonachilik sohasini rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda Sharof Rashidov tumani axborot-kutubxona markazi direktori Adilova Risolat Xasanovna dolzarb mavzudagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.