📚 "Zindonband qiz nolasi" ✍️ Azamat Qorjovov
📚 "Zindonband qiz nolasi"
✍️ Azamat Qorjovov
📜 To'yidan bir kun avval kechqurun bo'lajak kelinchak suyumli singlisini ergashtirib uyidan chiqadi. Ular qishloqning narigi chekkasidagi hammomga yo'l olishadi. Ko'cha o'rtasini qazib, quvur almashtirayotgan bir guruh erkaklardan uyalgan opa-singil soy bo'yidagi so'qmoqdan yurishga ahd qilishadi. Soy bo'yida esa ularning hayotini butunlay o'zgartirib yuborgan voqea kutib turardi...
Azamat Qorjovovning "zindonband qiz nolasi" qissasida Hilola ismli qizning tuman ichki ishlar bo'limi hibsxonasidan boshlab, abadiyan turmasi, keyinchalik Sulaymontepa ayollar koloniyasida boshidan kechirgan qora kunlari tasvirlarngan. Matonatli qiz har doim yorug'likka talpinadi, ezgulikka xizmat qilish harakatida bo'ladi. Biroq panjara ortidagi "dordan qochgan" ayollar orasida ma'suma qizning yashashi aytishgagina oson edi. Qissani o'qir ekansiz, yaxshilikning g'alabasi oson kechmasligiga, inson har qanday sharoitda ham odamiyligini yo'qotmasligiga ishonch hosil qilasiz.