"Ziyo istagan qalblar uchun-Said Ahmad" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Joriy yilning 15-iyun kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Sharof Rashidov 13-o'rta ta'lim maktabida "Ziyo istagan qalblar uchun-Said Ahmad" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Said Ahmad dramaturg, o'zbek adabiyotida kichik nasr hikoya ustasi sifatida tanilganligini, uning ko'plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo'shganligi, yozuvchi asarlarida xalqning ma'naviy dunyosini ochib, to'griso'zlik, jasorat-xalqaro ittifoqdoshlik va jamoaviylikni ko'rsatib beradi-bular esa inson qalbiga xos oliyjanob va himmat manbalari sanalashini o'quvchilarga suhbat davomida aytib o'tildi. Uning asarlari hayotiyligi, samimiyligi va xalqchil ruhi bilan kitobxonlar qalbidan chuqur joy oldi.
