Zomin tumanida "Shohrux" nomli zamonaviy kutubxona foydalanishga topshirildi
Zomin tumanida "Shohrux" nomli zamonaviy kutubxona foydalanishga topshirildi
Faxriy mehmonlar ishtirokida "Shohrux" nomli zamonaviy shaxsiy kutubxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
50 mingdan ortiq kitob fondiga ega ushbu kutubxonada 100 o‘rinli o‘quv zali, elektron kutubxona, Book Cafe, kitob do‘koni va poligrafiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Mehmonlar kutubxonada yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar.
