"Zulfiya va Hamid Olimjon" muzeyiga sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 9-iyul kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari o'zimizning viloyatimizning tarixiy, madaniy va tabiiy diqqatga sazovar joylari bilan tanishish maqsadida "Zulfiya va Hamid Olimjon" muzeyiga sayohat tashkil qilindi. Muzeyda mashhur o'zbek shoirlari Zulfiya va Hamid Olimjon hayoti, ijodi hamda shaxsiy buyumlari bilan tanishdik.
Sayohat davomida shoirlarning qo'lyozmalari, kitoblari, suratlari va turli mukofotlari namoyish etildi va ularning Vatanga muhabbat insoniylik va ezgulik tarannum etgan she'rlari bizni yanada shoirlarga bo'lgan muhabbatimizni oshirdi. Muzeydagi har bir eksponat o'zbek adabiyoti tarixining muhim bir sahifasini aks ettirar edi. Zulfiya va Hamid Olimjon muzeyiga tashrifimiz mazmunli va foydali bo'ldi. Bu sayohat bizning bilimlarimizni boyitdi hamda kitob o'qish va adabiyotga bo'lgan qiziqizishimizni yanada oshirdi