“Zumrad va Qimmat” ertagi o‘qib berildi.
Joriy yilning 6-aprel kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Yoshlar kutubxonasida 1-sinf o‘quvchilari uchun xalq ertaklarimizdan biri — “Zumrad va Qimmat” ertagi o‘qib berildi. Bolajonlar ertak mazmuni bilan tanishib, yaxshilik va yomonlik, odob, mehnatsevarlik hamda halollik kabi fazilatlar haqida tushuncha oldilar.
Ertak qahramonlari misolida o‘quvchilarga yaxshi xulq-atvorning ahamiyati tushuntirildi. Bolalar ertakni qiziqish bilan tinglab, o‘z fikr va taassurotlarini ham bildirdilar.
📖 Bunday mutolaa soatlari yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ma’naviy tarbiyasini boyitishga xizmat qiladi.