“Ona tilim — mening g‘ururim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📚📚Joriy yilning 19-oktabr kuni Sharof Rashidov tumani Axborot-kutubxona markazida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Ona tilim — mening g‘ururim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖 Ko‘rgazmadan ona tilimiz tarixi, uning boyligi, sofligi va go‘zalligini aks ettiruvchi kitoblar, lug‘atlar hamda badiiy adabiyotlar o‘rin oldi.
Ko‘rgazma kitobxonlarda ona tiliga bo‘lgan hurmat va mehrni yanada oshirishga xizmat qiladi.