“Yurt qayg‘usida 365 kun”
“Yurt qayg‘usida 365 kun”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomida serqirra faoliyati, davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ishlarini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar va fotolavhalar asosida jamlagan keng qamrovli to‘plam — “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi nashr qilindi.
Nashr yil davomida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni muayyan xronologik ketma-ketlik asosida yoritadi. Kitob oylar kesimida tartiblangan bo‘lib, har bir oy avvalida Prezident faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qisqacha jamlangan. 